- - Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 419 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 419 kishiga yetdi

13-aprel holatiga ko‘ra Qirg‘izistonda yana 42 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi “Kloop.kg”.

Shunday qilib, butun mamlakatda yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 419 kishiga yetdi. COVID-19 bilan yangi kasallanish holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Bishkek — 10;
Chuy viloyati — 6;
O‘sh viloyati — 9;
O‘sh shahri — 5;
Jalolobod viloyati — 2;
Norin viloyati — 9;
Batken viloyati — 1.
Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 5 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan, 67 kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, yangi kasallar orasida tibbiyot xodimlari ham bor. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 13-aprel holatiga ko‘ra yana 16 nafar tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangan bo‘lib, mamlakatda koronavirus bilan kasallangan tibbiyot xodimlari soni 79 nafarga yetdi.

Ta’kidlanishicha, 11 nafar bemor og‘ir ahvolda, ularning 6 nafari jonlantirish bo‘limida. Og‘ir ahvoldagi bemorlarning uch nafari — tibbiyot xodimi.


O‘zbekistonda 13-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 896 kishiga yetdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 66 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa vafot etdi. Avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyatda virusga chalingan bemorlarning 78 nafari tibbiyot xodimi ekanligini ma’lum qildi.Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.