- - “Barselona” prezidentligiga nomzod Viktor Font klub inqiroz arafasida ekanini ma’lum qildi

“Barselona” prezidentligiga nomzod Viktor Font klub inqiroz arafasida ekanini ma’lum qildi

“Barselona” prezidentligiga nomzod Viktor Font jamoa inqirozga uchrash arafasida ekanini ta’kidladi.

“Uzoq vaqtdan buyon “Barselona” katta to‘fon sari ketayotgani haqida ogohlantirib kelyapmiz. Klub o‘z tarixidagi eng yaxshi futbolchilar avlodini yangilashi, yangi sport komplekslari qurishi va ulkan moliyaviy qudratga ega jamoalar bilan raqobat qilishi zarur.
Biz klub Neymarni qanday qo‘ldan chiqargani, futbolchilar va xodimlar o‘rtasidagi tortishuv, ijtimoiy tarmoqlar borasidagi ishlarni boshdan kechirdik. Bunga klubda sport siyosatining beqarorligi, direktorlar o‘rtasidagi parchalanish va koronavirusdan keyin daromadlarning tushib ketganini qo‘shimcha qilish mumkin. Klub moliyaviy va ma’naviy tomondan inqirozga yuz tutish xavfi ostida turibdi. O‘yin tugadi”, — deydi Font Mundo Deportivo’ga bergan intervyusida.
Font — texnologiya sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkor, Delta Partners kompaniyasi asoschisi. Aynan uchun 2021-yilni prezidentlik saylovlarida Jozep Bartomeuning asosiy raqobatchisi hisoblanadi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.