- - Karantinda ob-havoni oldindan prognoz qilish yomonlashganining 3 asosiy sababi aytildi

Karantinda ob-havoni oldindan prognoz qilish yomonlashganining 3 asosiy sababi aytildi

COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli ob-havoni oldindan prognoz qilishning aniqligi uch asosiy sabab bo‘yicha keskin kamayishi mumkin, ulardan faqat bittasi metereologlarning uyda karantinda bo‘lishiga bevosita aloqador. Bu haqda Rossiya Gidrometereologiya markazi rahbari Roman Vilfandga tayanib, “TASS” xabar qilgan.

Vilfand qolgan ikki sababning bittasi butun dunyoda aviareyslar sonining keskin kamaygani bilan bog‘liqligini bildirgan.

“Ta’riflash, modellashtirish va prognoz qilish uchun atmosferaning tarkibini to‘liq bilish kerak. Buning uchun keng qamrovli kuzatuv tizimi mavjud. Ma'lumotlar metereologik xususiyatlarni uchish davomida hisoblaydigan qurilmalarga ega samolyotlardan ham kelib tushadi. Bundan tashqari, meteorologlarga katta aeroportlar ham axborot taqdim qiladi”, — degan u.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozir aviareyslar soni keskin qisqargan, katta aeroportlarning faoliyati to‘xtatilgan. Atmosferani kuzatish tizimi esa doimiy nazorat talab qiladi, buning ustiga butun dunyoda meteorologlar uyda karantinda o‘tiribdi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.