Главная - Новости - “Liverpul” afsonasi Kenni Dalglishda ham koronavirus aniqlandi

“Liverpul” afsonasi Kenni Dalglishda ham koronavirus aniqlandi

“Liverpul” klubining sobiq futbolchisi va murabbiyi Kenni Dalglish koronavirusga chalindi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

69 yoshli shotlandiyalik 8-aprel kuni antibiotiklar qabul qilish uchun shifoxonaga olib borilgan. Qoidaga muvofiq undan COVID-19 virusiga qon tahlili olingan. 10-aprel kuni tahlil qoniqarli natija bergani ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, Dalglishda koronavirus alomatlari kuzatilmagan. Shifoxonaga borgunga qadar “Liverpul” afsonasi uyida oilasi bilan izolyatsiyada bo‘lib turgandi. U tavsiya qilingan muddatdan ko‘proq izolyatsiyada bo‘lgan.

Kenni 1977—1990-yillar mobaynida mersisaydliklar jamoasida to‘p surgan. Bosh murabbiy sifatida esa 1985—1991 va 2011—2012-yillarda ishlagan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.