Главная - Новости - “Xavfsizlikni ta’minlamay turib mavsumni qaytadan boshlab bo‘lmaydi” — FIFA prezidenti

“Xavfsizlikni ta’minlamay turib mavsumni qaytadan boshlab bo‘lmaydi” — FIFA prezidenti

FIFA prezidenti Janni Infantino koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffus va futbol mavsumi davom ettirilishi borasida fikr bildirdi.

“Bizning musobaqalar eng avvalo inson salomatligini birinchi o‘ringa qo‘yadi, bu tashkilotning eng oliy vazifasi va prinsipi. Na biror o‘yin, na musobaqa va na liga birgina inson hayoti bilan tavakkal qilishga arzimaydi. Har bir kishi buni aniq tushunib olishi kerak. Vaziyat 100 foiz xavfsiz bo‘lmagan taqdirda mavsumni davom ettirish mas’uliyatsizlik bo‘ladi. Xavfsizlikni ta’minalamay turib mavsumni qaytadan boshlab bo‘lmaydi.
Agar kichik tanaffus zarur bo‘lsa, bu ishni qilishimiz kerak. Tavakkal qilgandan ko‘ra oz muddat kutgan afzal”, — deydi Infantino.
Infantinoning ta’kidlashicha, so‘nggi to‘rt yilda olib borilgan ishlar samarasi o‘laroq, FIFA moliyaviy jihatdan yaxshi holatda va kerakli vaqtda yordam ko‘rsatishga tayyor.
“FIFA moliya bozorida yaxshi ishlamoqda... Biroq bizning zaxira FIFAning pullari emas. Bu pullar futbolga tegishli. Shu sabab, futbol muhtoj bo‘lib qolgan vaqtda biz yordam berish haqida o‘ylashimiz darkor. Bu tashkilotning mas’uliyati va qarzi”, — deya qo‘shimcha qildi FIFA rahbari.
Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘yicha deyarli barcha mamlakatlar futbol ligalari koronavirus sabab to‘xtatilgan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.