Главная - Новости - Dunyo bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlar 100 ming kishidan oshib ketdi

Dunyo bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlar 100 ming kishidan oshib ketdi

Butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 100 ming kishidan oshdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqtda kuzatayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Jami qurbonlarning uchdan ikki qismi to‘rtta davlat hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — Italiya (18,8 ming), AQSh (18,7 ming), Ispaniya (16,0) va Fransiya (13,2 ming).
Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni qariyb 1,7 million kishiga yaqinlashgan, 376 mingdan ortiq odam davolanishga muvaffaq bo‘lgan.


O‘zbekistonda 11-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni soni 694 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, ayni vaqtda uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.