- - Video: Call-markazda qo‘ng‘iroqlarga javob berayotgan Sevara Nazarxon

Video: Call-markazda qo‘ng‘iroqlarga javob berayotgan Sevara Nazarxon

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon “O‘zekspomarkaz”da fuqarolarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan Call-markazda volontyorlarga murojaatlarni qabul qilishga ko‘maklashdi. Xonanda ish jarayoni aks etgan videoni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi.

Videoda himoya kombinezoni va bosh kiyimidagi yuziga niqob taqqan Sevara Nazarxon yordam so‘rab murojaat qilayotgan insonlar bilan suhbatlashayotganini ko‘rish mumkin.
“Bu yerda ajoyib insonlar ishlamoqda. Bir kunda 200,000 ta qo‘ng‘iroq qabul qilinmoqda. Volontyorlarning aksariyati shifokorlar. Menga bu yerdagi muhit yoqdi. Odamlar har xil kayfiyatda qo‘ng‘iroq qilmoqda. Ularga xotirjamlik bilan javob beryapmiz. Suhbatimizni Sevara Nazarxon eshitadi deb boshlayapman, lekin odamlar bunga e’tibor berayotgani yo‘q. Darrov o‘ziga kerakli mahsulotlar haqida gapirishyapti. Aslida biroz ular bilan suhbatlashib, kayfiyatini ko‘tarsam, degandim, lekin bu yerda liniyani band qilmaslik uchun har bir fuqaroga 2 daqiqa ajratilgan, shuning uchun buning imkoni bo‘lmayapti. Asosan ko‘p farzandli, yosh bolali oilalar qo‘ng‘iroq qilyapti. Taglik, sut, bo‘tqalar so‘rashyapti. Agar sizga biror yordam kerak bo‘lsa 1197 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Qo‘lingizni tez-tez sovunlab yuving, hammasi yaxshi bo‘ladi”, — deydi Sevara Nazarxon.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.