Главная - Новости - “Barselona” va “Liverpul” Diyego Karlos uchun kurash olib boradi

“Barselona” va “Liverpul” Diyego Karlos uchun kurash olib boradi

“Liverpul” va “Barselona” futbol klublari “Sevilya” himoyachisi Diyego Karlos xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deya xabar qilmoqda Diario Sport.

Sevilyaliklar klubi futbolchini sotib yuborish niyatida emas, biroq uning shartnomasida 75 million yevro miqdorida tovon puli haqidagi band mavjud. Ammo “Barselona” braziliyalik iqtidor egasiga bu qadar ko‘p pul sarflamoqchi emas va kelishuvga yarim himoyachi Ivan Rakitichni qo‘shmoqchi.

27- yoshli futbolchi “Sevilya”ga 2019-yilda Fransiyaning “Nant” klubidan o‘tgan. Avvalroq u Portugaliyaning “Eshtoril” jamoasida to‘p surgan. Joriy mavsum Diyego Karlos La Ligada 25 o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va yettita samarali uzatma muallifiga aylandi. “Sevilya” safida mavsum davomida faqatgina Xesus Navas undan ko‘p o‘yin o‘tkazgan (27).
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.