- - Xitoyda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 46 ta yangi holat qayd etildi

Xitoyda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 46 ta yangi holat qayd etildi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 46 ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Komissiyaning ta’kidlashicha, 42 ta holatda virus chetdan yuqtirilgan. Bundan tashqari, uch kishi vafot etgan va 70 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida jami vafot etganlar soni 3339 kishiga yetdi.

Xitoy hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, 34 kishida infeksiya belgilarsiz o‘tgan, xususan, chetdan kirib kelgan yetti bemorda ham. Xitoyda pandemiya boshlanganidan buyon 81 953 kishida koronavirus aniqlangan.

Bir kun avval Xitoyda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 42 ta yangi holat qayd etilgan edi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.