- - Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 339 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 339 kishiga yetdi

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda yana 41 kishida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kloop.kg”.

Koronavirus aniqlangan 18 bemor O‘sh viloyatidagi Novqat tumanida istiqomat qiladi, Bishkekda — 12 nafar, O‘sh shahrida — 6, Chuy viloyatida — 3, Norinda — ikki kishi virus bilan kasallangan. Koronavirus bilan kasallanganlarning 12 nafar tibbiyot xodimi bo‘lib, mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallangan tibbiyot xodimlari soni 51 kishiga yetdi.

Koronavirusni yuqtirib olgan yangi bemorlarning 22 nafari ayol va 19 nafari erkak. Shuningdek, virus bilan kasallangan besh kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi — Jalolobodda uch kishi, O‘sh va Bishkekda bir kishidan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 339 kishiga yetdi, besh kishi vafot etgan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 44 kishiga yetgan.

Avvalroq Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallangan bemorlarning besh nafari reanimatsiyada ekanligi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 694 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 42 kishi sog‘aydi, ayni vaqtda uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.