Главная - Новости - Internetda saloni baliq tutishga mo‘ljallangan to‘rdan ishlangan Polestar shou-karining tasvirlari paydo bo‘ldi

Internetda saloni baliq tutishga mo‘ljallangan to‘rdan ishlangan Polestar shou-karining tasvirlari paydo bo‘ldi

Shvetsiya va Xitoy brendi bo‘lmish Polestar yangi shou-kar — Precept’ning suratlari bilan bo‘lishdi. Konsept saloni baliq ovlashga mo‘ljallangan to‘rlar va qayta ishlangan plastik shishalardan ishlangan, deb xabar beradi Motor1.

Muhandislar seriyali Polestar 3 krossoveri sifatida taqdim etiladigan avtomobil dizaynini “atletik minimalizm” deb atagan.


Shou-kar saloni 15-dyuymli vertikal display va diagonali 12,5 dyuymga teng raqamli qurilmalar paneli bilan jihozlangan. Sensor va datchiklar haydovchini diqqat bilan kuzatib, agarda u yo‘ldan chalg‘ib ketsa, ogohlantiradi.


Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.