Главная - Новости - Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 759 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 759 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 759 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

9-aprel tongida yana 32 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan: Oqmo‘la viloyatida —13, Olmaotada —1, Qizilo‘rda viloyatida — 7, G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatida —2, Atirau viloyatida —3, Qarag‘anda viloyatida —2, Chimkentda — 4 kishi;

Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Nur-Sulton — 223;
Olmaota — 120;
Qizilo‘rda viloyati — 92;
Atirau viloyati —39;
Qarag‘anda viloyati — 57;
Oqmo‘la viloyati — 56;
Olmaota viloyati — 10;
Turkiston viloyati — 34;
Jambil viloyati — 45;
Oqto‘be viloyati — 11;
Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 25;
Chimkent — 27;
Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 6;
G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 4;
Pavlodar viloyati — 1;
Ko‘stanay viloyati — 3;
Mang‘istov viloyati — 6 ta holat.
Avvalroq Qozog‘istonda tibbiyot xodimlarining 120 nafari koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Qozog‘istonda koronavirus oqibatida besh kishi vafot etgan. 26-mart kuni Nur-Sultonda 64 yoshli ayol, 31-mart kuni 50 yoshli erkak, 1-aprel kuni Qarag‘andada 62 yoshli erkak. 4-aprel kuni Turkiston va Oqmo‘la viloyatlarida ikki kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.