Главная - Новости - Gavayida avtomobillarning 100 kilometrlik “qabristoni” topildi

Gavayida avtomobillarning 100 kilometrlik “qabristoni” topildi

Gavayining Maui orolida ijaraga beriladigan avtomobillarning 100 kilometrlik “qabristoni” topildi, deb xabar beradi Maui News.
Koronavirus pandemiyasi sabab turistlar oqimi to‘xtab qolgani uchun avtomobillar ijarasiga bo‘lgan talab fojiaviy tarzda tushib ketgan. Mashinalar ijarasi bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab kompaniyalar avtomobillari uchun joy qidirishga majbur bo‘lgan.
Shu sabab Maui orolidagi qamish maydonida 18 ming mashina paydo bo‘lgan.


Ularning aksariyati mahalliy aeroport — Kaxuluida xizmat ko‘rsatgan. Hozirda orol to‘liq izolyatsiyalangan, bu turdagi avtoturargohlar esa borgan sari kengaymoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirda mahalliy avtomobil kompaniyalari tomonidan ijaraga olingan 20 ming mashinaning 2,5 mingga yaqini “ishlamoqda”.

Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.