Главная - Новости - Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha bir sutkada 63 ta holat qayd etildi

Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha bir sutkada 63 ta holat qayd etildi

Xitoyda 8-aprel kuni koronavirusga chalinish bo‘yicha 63 ta holat aniqlandi, 2 kishi vafot etdi, shuningdek, 91 kishi tuzaldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga tayanib. Qayd etilishicha, yangi aniqlangan kasallanganlarning 61 nafari virusni chetdan, qolgan 2 nafari esa mamlakatning o‘zida yuqtirgan.

Bir kun avval, 7-aprel kuni, bu ko‘rsatkich 32 tani tashkil qilgani, mamkakatda yanvardan beri ilk bor bir sutka davomida koronavirusdan hech kim vafot etmagani xabar berilgan edi. 6-aprel kuni yangi kasallanganlar soni 39 ta, 5-aprel kuni 30 ta, 4-aprel kuni 19 tani tashkil etgan.

Umumiy hisobda, Xitoyda koronavirusni chetdan yuqtirish bilan bog‘liq 1 103 ta holat qayd etilgan. Ulardan 729 nafari kasallanganligicha qolmoqda (shundan 31 nafarining ahvoli og‘ir), 374 kishi tuzalgan. Chetdan virus yuqtirib kelganlarning birortasi vafot etmagan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirus aniqlanganidan buyon 82 867 kishi kasallangani tasdiqlangan, 77 639 nafar bermor tuzalgan, 3339 kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati 1-apreldan boshlab koronavirus hech qanday belgilarsiz tarqalayotgani haqida ma’lum qilgandi. So‘nggi sutkada 56 ta shunday holat aniqlangan. Ularning 28 tasi chetdan yuqtirilgan.

Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 32 kishiga karantindan javob berilgan. Test ularda virus borligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, biroq kasallikning hech qanday alomatlari aniqlanmagan. Ayni paytda kasallik alomatlari kuzatilmayotgan yana 1 104 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida sutka davomida kasallanish bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmagan. Bemorlarning 45 nafari tuzalgan, ikki nafari vafot etgan (har ikki holat ham Uxanda).

Ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 484 811 nafarga, vafot etganlar esa 88 538 nafarga yetdi. AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchiga aylandi. Mamlakatda bir sutkada 1 965 bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 555 nafarni tashkil qilmoqda.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.