- - AQSh razvedkasi Uxanda tarqalgan koronavirusning halokatli bo‘lishi haqida hukumatni noyabr oyidayoq ogohlantirgani ma’lum bo‘ldi

AQSh razvedkasi Uxanda tarqalgan koronavirusning halokatli bo‘lishi haqida hukumatni noyabr oyidayoq ogohlantirgani ma’lum bo‘ldi




Qayd etilishicha, telekanal bu xabarni AQSh razvedkasi hisoboti tafsilotlaridan xabardor bo‘lgan 4 ta manbaga tayanib ma’lum qilgan.

Ularning hisoboti, ushbu hujjat bilan tanish bo‘lgan telekanalning ikki manbasiga ko‘ra, Tibbiy razvedka milliy markazi (National Center for Medical Intelligence, NCMI) ma’lumotlariga asoslangan. NCMI tutib qolingan xabarlardan va sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlardan foydalangan.

Razvedka bunda AQSh va Osiyo vakillariga tahdidni ko‘rgani uchun trevoga ko‘targan. “Tahlilchilar bu halokatli voqea bo‘ladi, degan xulosaga kelgan”, — deydi kanal suhbatdoshlaridan biri. NCMI hisobotidagi ma’lumotlar AQSh Harbiy razvedka agentligi, Pentagon va Oq Uyga bir necha bor yuborilgan.

Qayd etilishicha, davlat apparatlarida qaror qabul qiluvchilarga hisobotlar dekabr oyi davomida bir necha bor o‘qib eshittirilgan, muammoning batafsil tavsifi esa prezidentning kundalik razvedka hisobotida yanvar oyi boshlarida paydo bo‘lgan. Telekanal manbasining ta’kidlashicha, ushbu hujjatda faqat bir hafta davomida tekshirilgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Xabarda aytilishicha, o‘tgan haftada anonim manbalar Bloomberg’ga Xitoy koronavirusning tarqalish ko‘lamini yashirib, kasallanganlarning umumiy sonini ham, vafot etganlar sonini ham kamaytirib ko‘rsatganini ma’lum qilgan. AQSh bu borada Xitoy yagona mamlakat emas, degan fikrda. Ular Eron, Indoneziya, Rossiya va Shimoliy Koreya ham statistika ma’lumotlarini kamaytirib ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Prezident Donald Tramp pandemiyaning oldini olmagani uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini ayblagan. “JSST hammasini barbod qildi. Asosan AQSh tomonidan moliyalashtiradigan tashkilot nima uchundir bor e’tiborini Xitoyga qaratdi”, — degan Tramp.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 484 811 nafarga, vafot etganlar esa 88 538 nafarga yetdi. AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchiga aylandi. Mamlakatda bir sutkada 1 965 bemor vafot etdi — bu yangi antirekord.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.