- - AQSh “har qanday ob-havoga chidamli” yangi jangovar vertolyotini namoyish etdi

AQSh “har qanday ob-havoga chidamli” yangi jangovar vertolyotini namoyish etdi

AQSh Harbiy-havo kuchlari qutqaruv-qidiruv ishlariga mo‘ljallangan yangi HH-60W Jolly Green II jangovar vertolyotini namoyish etdi, deb xabar beradi Defence Blog.

Sikorsky kompaniyasi tomonidan yaratilgan uchish apparatining test namunasi Selsiy bo‘yicha +50 darajadan -51 darajaga qadar havo haroratiga, 72,42 km/soat tezlikdagi yomg‘irli shamolga bardosh bera olgan. Barcha ob-havo ssenariylari maydoni 5100 metr kvadratga teng laboratoriyaning iqlim kamerasida amalga oshirilgan. Unda sahrodagi issiq va shimolning sovuq havo haroratlari simulyatsiya qilingan.


Bu kabi sinovni o‘tkazishdan maqsad — vertolyotning har qanday ob-havo sharoitiga chidamli ekanligini tasdiqlash. HH-60W sinovlari yakunlangach, Sikorsky poligoniga yo‘l olib, u yerda yana sinovdan o‘tkaziladi. “Jangovar qutqaruv vertolyotining sinovlari COVID-19 pandemiyasi vaqtida ham davom etdi”, — deydi podpolkovnik Ueyn Dirks.



Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.